Rasman! "Chelsi" Tuxel bilan shartnomani uzaytirdi

  • 04.06.2021 17:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Oldinroq tomonlar o‘rtasidagi shartnoma "aristokratlar"ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng avtomatik ravishda 2024 yil iyungacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi. Klub ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Murabbiy va klub o‘rtasidagi avvalgi kelishuv 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha imzolangan edi.

47 yoshli Tuxel "Chelsi"ni joriy yilning yanvar oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Bungacha jamoaga Frenk Lempard ustozlik qilgan.

"Chelsi" Angliya premer-ligasining o‘tgan mavsumini 4-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!