Rasman! "Chelsi" uzoq kutilgan transferni e’lon qildi

  • 1 fevral, 2023, 15:40
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chelsi" "Benfika" yarim himoyachisi Entso Fernandes transferini e’lon qildi.

London klubi yangi kelgan futbolchining taqdimotiga oid video joyladi va shunday yozib qoldirdi: "Argentinalik yarim himoyachi "Benfika"dan "Chelsi"ga o‘tdi."

Entso "arristokratlar" bilan necha yillik shartnoma imzolagani hozircha ma’lum emas. Avvalroq, "Benfika" 22 yoshli havbek uchun 121 million evro olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. To‘lov bir necha transhda amalga oshiriladi, avvaliga 45 million evro qolgani esa 15 million evrodan bo‘lib beriladi. Manbalar futbolchi yangi klubi bilan 2031 yilgacha bitim imzolaganini yozmoqda. 

121 million evro (105 million funt) ingliz futbolchi uchun rekord hisoblanadi. Entso "Chelsi"ning qishki transfer oynasidagi 8-transferi bo‘ldi.

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Chelsea FC (@chelseafc)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!