
Rasman! "Dinamo" Erkin Boydullaev transferini e’lon qildi
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar birin-ketin transferlarni amalga oshirmoqda. Navbat - "Dinamo"ga!
Samarqandliklar O‘zbekiston Superligasidagi eng tajribali futbolchilardan biri Erkin Boydullaevni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. "Dinamo" Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi, jamoaning sobiq o‘yinchisi Erkin Boydullaevni klubga qaytardi. Klub rahbariyati tajribali yarimhimoyachiga ishonch bildirib, 2023 yilning oxiriga qadar 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
2011 yilda "Dinamo"ni tark etgan Erkin Boydullaev o‘tgan yillar davomida "Nasaf", AGMK va "Qizilqum" klublari sharafini himoya qilib, jamoasining etakchisiga aylana olgandi. Avvalgi mavsumlarda Navoiy klubi sardori bo‘lgan 37 yoshli yarimhimoyachi "Dinamo" safiga erkin agent sifatida qo‘shildi",-deyiladi klub bayonotida.
Fikrlar