
Rasman: Eldor Suyunov "Navbahor" futbolchisi!
"Navbahor" klubi kutilgan xabarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, darvozabon Eldor Suyunov rasman namanganliklar a’zosiga aylandi.
"Tajribali darvozabon Eldorbek Suyunov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi", - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Avvalroq "Neftchi"dan Sanjar Quvvatov bilan ham shartnoma imzolangandi. Boisi, jamoaning bir necha yillik asosiy posboni O‘tkir Yusupov Eronning "Fulad" klubiga yo‘l oldi. Shu bois "Navbahor" Quvvatov va Suyunov kabi darvozabonlar bilan shartnoma tuzdi.
Fikrlar