
Rasman! Kuadrado "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Yuventus" kolumbiyalik yarim himoyachi Xuan Kuadrado bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 33 yoshli futbolchining turinliklar bilan imzolagan yangi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, kolumbiyalik futbolchi 2015 yilda «Yuve»ga o‘tgan va shundan beri klub uchun 262 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urgan va 53 ta golga assistentlik qilgan.
Kuadrado joriy mavsum A Seriyada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar