
Rasman! Leon Edvards va Kolbi Kovington jangi tasdiqlandi
UFCning yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasi chempioni Leon Edvardsning(21-3-1 NC) navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.
Chempion rasmiy da’vogar divizion reytingining etakchisi Kolbi Kovingtonga(17-3) qarshi oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi. Mazkur jang "UFC 296" turnirining asosiy jangi bo‘lib, 16 dekabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Edvards so‘ngi jangini Kamaru Usmanga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, Kovington oxirgi jangida Xorze Masvidalni mag‘lub etgandi.
Fikrlar