Rasman! "Lion" Boatengni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 1 sentabr, 2021, 21:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi o‘zining rasmiy saytida germaniyalik markaziy himoyachi Jerom Boateng bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi frantsuz klubi safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2 yillik shartnoma imzolagan.

Boateng o‘tgan mavsum "Bavariya" safida 39 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Jerom myunxenliklar safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!