Rasman! Mahmud Murodov yanvarda jang qiladi (FOTO)
23 yanvar kuni "UFC 257" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechaning markaziy jangida Konor MakGregor va Dastin Pore qarama-qarshi keladi.
Bundan tashqari, oqshomda Mahmud Murodov ham oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda, Murodovning o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
"Do‘stlar, keyingi jangim 23 yanvar kuni Endryu Sanchesga qarshi bo‘lib o‘tadi. Tez orada, sizlarni yana bir g‘alaba bilan xursand qilaman!
Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat," - deb yozdi Murodov.


Fikrlar