Rasman! Maksim Shatskix - "Paxtakor" bosh murabbiyi

  • 15 iyul, 2022, 19:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shatskix bilan kelishuvga erishildi.

Futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan "Paxtakor" futbol maktabida boshlagan, professional faoliyatida Kievning "Dinamo" klubidagi ajoyib va sermahsul o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Shatskix keyinchalik murabbiylik ishini ham ushbu klubda boshladi. Akademiya jamoalaridan keyin asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi. Keyinchalik Rossiyaning "Rotor" klubida ishladi. Iyun oyidan beri u "Paxtakor"da sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Bugun "Paxtakor" futbol klubi va Maksim Shatskix o‘rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo‘l ostida "Dinamo" Kievda o‘ynagan Shatskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan. U katta klubda akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashgan, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni tajribali o‘yinchilar bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlashni yaxshi o‘zlashtirgan. Maksim Aleksandrovich "Paxtakor" bilan ko‘plab g‘alabalarga erishadi deb umid qilamiz. Uch yillik shartnoma muddati ham klubimizning Shatskix bilan rejalari ulkanligini ko‘rsatadi.

Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning "Kremen", "Arsenal", "Slavutich", "Karpati", "Lvov", "Vorskla" va LNZ, Rossiyaning "Anji", "Rotor", Gruziyaning "Dinamo" Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan.

maks1

Shatskixga yordamchi sifatida Vyacheslav Belyaev ishlaydi. U Ukrainaning "Tavriya", "Metallist", Gruziyaning "Dinamo" (Tbilisi) va Rossiyaning "Rotor" klublarida faoliyat yuritgan. Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiev (yordamchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) Shatskixga yordam berishda davom etishadi.

Umid qilamizki, Shatskix bilan birgalikda ko‘plab sovrinlarga ega chiqamiz.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
16/07/2022 05:16
Маҳтая маҳта бир вақтлар динамода ўйнаганда ўзбек деб лақаб қуйишганда орияти келувди энди ўзбекни нони ширин тотб кетибди яна бутун командаси билан келипти
&
Абдурахмон лидер
15/07/2022 20:33
Укувсиз оми ёзганми буни