
Rasman! Maksim Shatskix - "Paxtakor" klubi sport direktori!
"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi uzoq yillardan so‘ng qadrdon klubiga qaytdi.
Kievning "Dinamo" va O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ajoyib faoliyati orqali ko‘plab muxlislar mehrini qozongan, Evropa maydonlarida yurtimiz nomini tanitgan Maksim Shatskix "Paxtakor" sport direktori sifatida ishga kirishdi. Klub va Shatskix o‘rtasida bitimga imzo chekildi.
Faoliyati davomida Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo‘l ostida "Dinamo" Kievda o‘ynagan Shatskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan. U klubimizga akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashadi, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni topishga intiladi. Bu borada u o‘ynagan "Dinamo" MDHda etakchilardan biri sanaladi. Umid qilamizki, Shatskix klubimizning yangi darajaga ko‘tarilishi va ko‘plab sovrinlarga ega chiqishiga o‘zining katta hissasini qo‘shadi.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar