Rasman! "Manchester Siti" portugaliyalik yarim himoyachini sotib oldi

  • 01.09.2023 17:09
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Rasman "Manchester Siti" portugaliyalik yarim himoyachi Mateush Nuneshni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. 

Image

Eslatib o‘tamiz, Nuneshning transferi "shaharliklar"ga 53 million funtga tushdi. Uning o‘zi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Portugal yangi jamoasida 27-raqam ostida harakat qiladi.

Manchesterliklar anchadan beri yarim himoyachi sotib olishga harakat qilib kelmoqda. Variantlar orasida "Vest Xem"dan Lukas Paketa va "Bayer"dan Florian Virts kabi futbolchilar bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!