Rasman: "Manchester Yunayted" uzoq kutilgan transferni e’lon qildi (foto)

  • 30 avgust, 2022, 17:46
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" "Ayaks" hujumchichi Antoni transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi ingliz klubi  matbuot xizmati.

Bitim 100 million evroni tashkil qiladi. Shulardan 95 million kafolatlangan to‘lov sifatida, yana 5 millionini bonus sifatida beriladi.

Antoni tez orada "Manchester Yunayted" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Xabar qilinishicha, 22 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Antoni joriy mavsum Amsterdam  jamoasi safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 2 ta gol  va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!