
Rasman! Mbappe 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Frantsiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi PSJ forvardi Kilian Mbappeni jiddiy jazoladi.
Eslatib o‘tish lozimki, 20 yoshli futbolchi "Renn"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Frantsiya kubogi finalida raqib futbolchisi Damen Da Silvaga nisbatan jiddiy qo‘pollik ishlatgan edi.
FFF esa Mbappeni chempionatning 3ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qildi. Endi u "Nitstsa", "Anje" va "Dijon" klublariga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.
Shu tariqa uning “Oltin butsa” borasidagi imkoniyatlari keskin kamayib ketdi.
Bundan tashqari, PSJning boshqa bir hujumchis Neymar xuddi shu o‘yinda raqib futbolchisining yuziga zarba bergani uchun jazolanishi aytilmoqda. U kamida 3ta o‘yindan 8ta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Fikrlar