
Rasman! Mitoma "Brayton" bilan shartnomasini uzaytirdi
Rasman "Brayton" Kaoru Mitoma bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik vinger 2021 yilda "Kavasaki"dan 3 million evro evaziga sotib olingan. Ayni paytda futbolchi uchun top klublar kurash olib bormoqda va uning narxi 50 million evroni tashkil qiladi.
Mitoma ushbu mavsum "chaykalar" tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar