
Rasman! MYu bosh murabbiyi faoliyatini terma jamoada davom ettiradi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Terma jamoa bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, mutaxassis 2 yillik bitimga qo‘l qo‘ygan. U joriy mavsumni Manchester klubi bilan tugatib qo‘yadi.
"Men yangi mavsumni Avstriya terma jamoasida boshlashga qaror qildim. Hozirda bor e’tiborimni MYuga qaratganman.
Klubni qudratli jamoaga aylantirish uchun har narsaga tayyorman", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar