
Rasman! “Nasaf” sobiq futbolchisini klubga qaytardi
Suhrob Nurulloev “Nasaf”ga qaytdi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati.
Yangi mavsum oldidan "ajdarlar" kundan-kunga jamoa tarkibini kuchaytirmoqda. Shu sababli, yana bir sobiq futbolchi hisoblangan Suhrob Nurulloev ortga qaytarildi.
O‘tgan mavsumda Malayziyaning "Kedah Darul Oman" jamoasida harakat qilgan havbek yangi mavsumni Superligada o‘tkazadi. Nurulloev 2021-2023-yillarda “Nasaf” sharafini himoya qilib, klub tarkibida 3 marta O‘zbekiston Kubogi va bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan. Suhrob sobiq jamoasi bilan 1 yillik kelishuvga erishdi.
Fikrlar