Rasman! OKMK 23 yoshli "Bunyodkor" futbolchisini tarkibga qo‘shib oldi (foto)

  • 9 yanvar, 2024, 13:17
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avazbek O‘lmasaliev OKMK futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Avazbek O‘lmasaliev 2000 yilning 27 mart sanasida Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Faoliyati davomida Farg‘onaning "Neftchi", Toshkentning "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalarida to‘p tepgan markaziy himoyachi bo‘lajak mavsumda "konchilar" sharafini himoya qiladi. OKMK va futbolchi o‘rtasida 2 yillik (1+1) shartnoma imzolandi.

Yosh iqtidor egasi 2023 yilgi Superliga mavsumida "Bunyodkor" safida 25 o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va 1 golli to‘puzatmalariga mualliflik qilgan. 23 yoshli himoyachi Superliga bahslarida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 8 ta gol urishga erishgan.

avaz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
09/01/2024 16:43
Иби бу ЦСКА га утмокчидуку