
Rasman: Oston O‘runov "Spartak" bilan shartnomani bekor qildi (foto)
"Spartak" yarim himoyachi Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Moskva klubini erkin agent sifatida tark etgan.
O‘runov o‘tgan mavsum “qizil-oqlar” safida 9 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan edi. Keyin esa u “Ufa” safida ijara asosida o‘ynadi. Yozda esa Oston yana Moskvaga qaytdi. Biroq klub murabbiylar shtabi legionerimiz ishonch bildirmadi. Shu bois, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida bitimni bekor qilgan.
“Ostonga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz!” - deyiladi "Spartak" klubi matubot xizmati bergan bayonotda.
Fikrlar