Rasman! "Paxtakor" ukrainalik himoyachi transferini e’lon qildi

  • 02.08.2022 18:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ukrainalik himoyachi Aleksandr Nasonov "Paxtakor" bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.

30 yoshli himoyachi faoliyati davomida Ukrainaning "Dnepr", "Volin", "Metallurg" Donetsk, "Arsenal" Kiev, "Lvov" kabi klublarda faoliyat olib borgan. Ukrainadagi siyosiy vaziyat sababli apreldan beri Polshaning "Sokol" klubida o‘ynab kelayotgandi. Himoyachi bilan 2022 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekildi.

Ma’lumot o‘rnida, tajribali himoyachi Ukraina terma jamoasi safida 21 ta o‘yinda maydonga tushgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!