Rasman! “Paxtakor” Yuritsa Bulyat bilan shartnoma imzoladi
"Paxtakor" xorvatiyalik himoyachi Yuritsa Bulyatni tarkibiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
31 yoshli himoyachi "sherlar" bilan yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U o‘tgan yili oliy ligada "Bunyodkor" sharafini himoya qilgandi. Faoliyati mobaynida Bulyat Xorvatiyaning "Zadar" va "Xayduk", Isroilning "Makkabi", Germaniyaning "Energi" va Ukrainaning "Metallist" jamoalarida ham to‘p tepgan. 2012 yilgi Evropa chempionati final bosqichida Xorvatiya terma jamoasi bilan ishtirok etgan.

Yuritsa Bulyat
Tug‘ilgan sanasi: 19.09.1986
Tug‘ilgan joyi: Zadar, Xorvatiya
Ampluasi: himoyachi
Faoliyati:
|
2004—2005 |
"Zadar" |
31 (4) |
|
2005—2011 |
"Xayduk" |
98 (2) |
|
2011—2013 |
"Makkabi" (Isroil) |
31 (0) |
|
2013 |
“Zadar” |
9 (1) |
|
2013—2014 |
"Energi" (Germaniya) |
24 (1) |
|
2014—2015 |
"Zadar" |
8 (2) |
|
2015 |
“Metallist” (Ukraina) |
10 (0) |
|
2016 |
“Bunyodkor” |
25 (0) |
Fikrlar