Rasman! PSJ Markinos bilan yangi shartnoma imzoladi

  • 19 may, 2023, 18:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ himoyachisi Markinos fransuz klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar bermoqda. Braziliyalik futbolchining PSJ bilan yangi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Klub saytiga bergan intervyusida Markinos shartnoma uzaytirilganidan juda mamnun ekanligini va bundan juda faxrlanishini tan oldi. Futbolchi bundan xursandligini va Parij klubi bilan yaqin kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.

Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!