Rasman! “Real” futbolchisini La Liganing boshqa klubiga sotib yubordi

  • 19 iyul, 2022, 13:41
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiyalik yarim himoyachi Takefusa Kubo La Liganing boshqa klubi bilan shartnoma imzoladi. 21 yoshli osiyolik futbolchi “Real”dan “Real Sosedad”ga ko‘chib o‘tdi, deb xabar berdi san-sebastyanliklar klubi matbuot xizmati.

Kelishuv summasi hali oshkor etilmagan, biroq OAVda Takefusa transferi “Real Sosedad”ga 6,5 ​​million evroga tushishi haqida xabar berilgandi. Yaponiyalikning yangi klubi bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtasigacha amal qiladi.

Shuningdek, bitimda “qirollik klubi” futbolchining keyingi sotuvidan 50 foizini olishi qayd etilgan. Bundan tashqari, besh yil ichida “qaymoqranglilar” Takefusuni qaytarib sotib olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!