Rasman! "Real" Kroos bilan shartnomani uzaytirdi

  • 20.05.2019 14:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa yarim himoyachisi Toni Kroos bilan shartnomani uzaytirgani haqida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra 29 yoshli germaniyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan 2023 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kroosning “Bavariya”ga o‘tishi borasida turli xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Toni Kroos “Real” Madrid safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 233ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 59ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!