Rasman! "Roma"ning o‘yini boshqa sanaga ko‘chirildi

  • 12 may, 2022, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi rahbariyati chempionatning 38-turidan o‘rin olgan “Torino” hamda “Roma” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqa sanaga ko‘chirishga rozilik bildirdi.

Tecno

Gap shundaki, “Roma” 31 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor evrokuboklar finaliga chiqdi va rimliklar joriy mavsum Evropa maydonlarida sovrin yutish imkoniyatiga ega bo‘lgan yagona Italiya jamoasi bo‘lib turibdi.

Joze Mourino boshchiligidagi jamoa 25 may kuni UEFA Konferentsiyalar ligasi finalida Niderlandiyaning “Feyenoord” klubiga qarshi maydonga tushadi. “Roma”ning “Torino”ga qarshi o‘yini esa 22 aprel sanasiga belgilangan edi. Shu sababli “bo‘rilar” A Seriya rahbariyatidan muhim o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turindagi o‘yinni boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
12/05/2022 12:52
25-майдаги уйин учин 22-апрелдаги уйин колдирилибди бизда шунака