
Rasman! "Roma"ning texnik hamkori o‘zgardi (FOTO)
Rimning “Roma” klubi Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “bo‘rilar” yangi 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab Adidas liboslarida harakat qiladi. Germaniya kompaniyasi esa "Roma"ga yiliga 5 mln evro to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” o‘tgan mavsum UEFA Evropa ligasi finaliga qadar etib bordi, A Seriyada esa 6-o‘rinni egalladi. Jamoa bundan avval Amerikaning New Balance kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan.
Fikrlar