
Rasman! "Sevilya" Argentina terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi (FOTO)
"Sporting" himoyachisi Markos Akunya "Sevilya" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli argentinalik futbolchi andalusiyaliklar bilan 2024 yilga qadarshartnoma imzoladi. Uning transferi esa La Liga grandiga 12 mln evroga tushgan. Shundan 2 millioni bonus hisobida beriladi.
Akunya “Sporting” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar