Rasman! Shahzod Shaymanov - "Lokomotiv" futbolchisi
O‘tgan mavsumni "Navbahor" tarkibida o‘tkazgan yarim himoyachi Shahzod Shaymanov "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi. Bu haqda "temiryo‘lchilar" matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, Shahzod 1992 yilning 2 aprel kunida tug‘ilgan va o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynaydi. Faoliyatini asosan O‘zbekistonning yuqori divizionida o‘tkazmoqda. 2014-2017 yillar davomida o‘zi tarbiyalangan "Mash’al" sharafini himoya qildi va keyinchalik "Metallurg"ga transfer qilindi.
2012 "Mash’al" 20 o‘yin
2014 (1-davra) "Andijon" 9 o‘yin, 1 gol
2014 (2-davra)-2017 "Mash’al" 85 o‘yin, 10 gol.
2018 "Metallurg" 27 o‘yin, 6 gol

Fikrlar