
Rasman! Tokio Olimpiadasi muxlislarsiz o‘tkaziladi
Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar sonining ko‘payishi sababli Yaponiyada favqulodda holat muddati uzaytirildi va Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari musobaqani tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu Olimpiada boshlanishidan ikki hafta oldin ma’lum qilindi.
Shunday qilib, o‘yinlarda 10 mingtagacha muxlislarning kirishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi avvalroq qabul qilingan qaror endi kuchga ega emas.
Yangi qarorni yapon shifokorlari qabul qilishdi. Ular musobaqani muxlislar bilan o‘tkazish xavfli ekanini tan olishdi.
Ma’lumot uchun, Tokio yozgi Olimpiya o‘yinlari 23 iyulda boshlanadi va 8 avgustga qadar davom etadi.
Fikrlar