
Rasman! "Tottenxem" Lamela bilan xayrlashdi va o‘rniga ispaniyalik futbolchini sotib oldi
Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali "Sevilya" yarim himoyachisi Brayan Xilning transferini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ingliz klubi 20 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun andalusiyaliklarga 25 million evro va argentinalik yarim himoyachi Erik Lamelani bergan.
Xil "Sevilya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 21 ta uchrashuv o‘tkazgan va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
29 yoshli Lamela 2013 yildan buyon "Tottenxem"da o‘ynab kelayotgan edi. U "shporlar" safida jami 257 uchrashuv o‘tkazgan va o‘z hisobiga 37 ta gol hamda 47 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar