Rasman! "Turon" navbatdagi transferni amalga oshirdi

  • 11.01.2022 12:25
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini qizg‘in ruhda davom ettirayotgan jamoa "Turon" tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo‘shilmoqda. Jumladan bugun yosh futbolchi Abdug‘ani Kamolov bilan shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun, Abdug‘ani Kamolov 2000 yilda tug‘ilgan, o‘ynaydigan ampulasi - himoyachi, bunga qadar "Bunyodkor" yoshlar jamoasi, "Metallurg" yoshlar jamoasi, "Buxoro" va "Andijon" klublari safida maydonga tushgan. Shuningdek, u O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zoligiga nomzod futbolchi sanaladi.

Avvalroq, yaypanliklar yig‘inida "Paxtakor" himoyachisi Marlen Chobanov ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

photo_2022-01-11_10-16-39

"Turon" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fanat Navbahor Fc
11/01/2022 13:19
kuchysa biz hursand bolamiz hurmat ila Namangan muhlislari