
Rasman! Xitoy terma jamoasi hujumchisi “Vest Bromvich”ga o‘tdi
Gollandiyaning “Vitess” klubi va Xitoy terma jamoasi hujumchisi Chjan Yuy Nin Angliyaning “Vest Bromvich Albion” jamoasi futbolchisiga aylandi.
Ingliz klubi xitoylik forvard bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzoladi va shu onning o‘zidayoq, uni Germaniyaning “Verder” klubiga ikki mavsumga ijaraga berdi.
Ma’lumot uchun, Yuy yakunlangan mavsumda golland klubida 19 o‘yinda ishtirok etdi va ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 20 yoshli futbolchi JCh-2018 saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushirilgan edi.
Fikrlar