
Raul Bundesliga klubini boshqarishga yaqin
"Reala B" klubi bosh murabbiyi Raul "Union" jamoasiga yo‘l olishi kutilmoqda. Bu haqda "Kicker" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, nemis klubi rahbariyati 46 yoshli mutaxassisni yangi bosh murabbiy sifatida ko‘rib chiqmoqda. Urs Fisher qoniqarsiz natijalar sababli iste’foga chiqarilgandi.
Ma’lumot uchun, "Union" Bundesligada 12 ta o‘yinda 7 ochko to‘pladi. Jamoa ayni damda 17-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar