Raul Ximenes Jahon chempionatidagi ilk golidan so‘ng ko‘z yoshlari tия olmadi

  • 12.06.2026 02:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Meksika terma jamoasi hujumchisi, 35 yoshli Raul Ximenes Jahon chempionati–2026 ochilish o‘yinida YuAR darvozasiga gol urgach, ko‘z yoshlarini tiyolmadi. Bu forvard uchun to‘rtta jahon chempionati davomida kiritilgan ilk goli bo‘ldi. Uchrashuv Mexikodagi mashhur «Atsteka» stadionida o‘tmoqda. Hozircha hisob — Meksika foydasiga 2:0. Uchrashuvga Braziliyaning Terezina-di-Goyas shahridan kelgan Vilton Sampayo bosh hakamlik qilmoqda. Bellashuv matni «Chempionat» nashri saytida onlayn tarzda yoritib borilmoqda.
 

Raul Ximenes Meksika terma jamoasi safida turli musobaqalarda jami 127 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu paytgacha 46 ta gol urgan va 16 marta golli pas bergan.
 

Meksika – YuAR uchrashuvi A guruhı doirasida o‘tkazilmoqda. Guruh bosqichining 2-turida Meksika 19 iyun kuni Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. 3-turda esa 25 iyun kuni Chexiya bilan o‘ynaydi. YuAR terma jamoasi 2-turda 18 iyun kuni Chexiyaga qarshi bahs olib boradi, 3-turda esa 25 iyun kuni Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.
 

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati–2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududlarida o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yildgi jahon chempionati finalida argentinaliklar Frantsiyaga qarshi maydonga tushgan edi. Asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlangan, penaltılar seriyasida esa Argentina 4:2 hisobida zafar qozoongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!