
Raxim Sterling "Chelsi"dan ketmoqchi emas
"Chelsi" futbolchisi Raxim Sterlingning klubni tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ayrim manbalar uni "Arenal"ga o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.
"Talk Sport" nashri xabar berishicha, Sterling "Chelsi"ni tarq etmoqchi emas. U jamoada qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi. London klubida ayni dam vingerlar ko‘p. Shu sababali, Sterlingga ko‘p imkon berilayotgani yo‘q.
Angliyalik futbolchi ushbu mavsum "aristokratlar" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar