"RB Leyptsig" futbolchisining "Bavariya"ga o‘tishi amalga oshmaydigan bo‘ldi
Frantsiyalik himoyachi Dayo Upamekano «RB Leyptsig» klubi uchun o‘ynashda davom etadi. Iqtidorli futbolchi rahbariyat bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga kelishib olgan va joriy yozda «Bavariya» klubiga ko‘chib o‘tmaydi. Bungacha esa myunxenliklar ushbu futbolchiga qiziqish bildirayotgandilar.
Xabar qilinishicha, Upamekano va «RB Leyptsig» yangi shartnoma borasida bir to‘xtamga kelib bo‘lgan va bitim tez orada imzolanadi. Tovon puli esa shartnomaga 2021 yili kiritib qo‘yiladi, hozircha uning miqdori ma’lum qilinmayapti.

Fikrlar