
"RB Leyptsig" klubi bosh direktori: Verner "Bavariya"da o‘ynashni xohlamayotgandir
"RB Leyptsig" klubi bosh direktori Oliver Mintslaff jamoa hujumchisi Timo Vernerning "Bavariya"ga o‘tishiga ishonmayapti.
“Balkim u hamma aytayotganidek “Bavariya”da o‘ynashni xohlamas. Balkim u Tuxelning PSJsida, Kloppning “Liverpul”ida yoki Favrning “Borussiya”sida o‘ynamoqchidir”, - deydi Mintslaff.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Verner joriy mavsum Bundesligada jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar