"RB Leyptsig"dan kutilmagan mag‘lubiyat (video)
UEFA Chempionlar ligasi "A" guruhi 2-turida “RB Leyptsig” o‘z maydonida “Bryugge”ni qabul qildi.
Germaniyadagi o‘yin kutilmaganda 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Bryugge” safida Xans Vanaken (22') va Mats Rits (40') gol muallifi bo‘ldi. “RB Leyptsig”ning yagona javob goliga Kristofer Nkunku (5') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar