
"Real" - dunyoning eng qimmat tarkibiga ega klub!
CIES (International Center for Sports Studies) ekspertlari dunyoning eng qimmat tarkibiga ega klublar reytingini tuzib chiqdi. Bu borada birinchi o‘rinni "Real" egalladi, uning umumiy narxi 1,728 milliard evro.
"Qirollik klubi"dan so‘ng ikkinchi o‘rinda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi qayd etildi. Premer-liganing amaldagi chempioni tarkibidagi futbolchilarning ayni damdagi umumiy narxi 1,471 milliard evroni tashkil etadi.
Kuchli o‘nlikdan "Arsenal", "Barselona", "Liverpul", PSJ, "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Bayer" klublari joy oldi.
Fikrlar