"Real", "Chelsi" va "Manchester Siti"ning EChL yarim finalidagi o‘rnini boshqa jamoalar egallashi mumkin

  • 20 aprel, 2021, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA amaldagi Chempionlar ligasini tugatish uchun turli xil variantlarni o‘rganib chiqmoqda.

"Real", "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari Evropa Superligasini tashkil qilishda qatnashgani uchun asosiy EChLdan chetlashtirilishi mumkin. Yarim final bosqichiga etib kelgan musobaqani yakunlab qo‘yish bo‘yicha turli variantlar mavjud. Shulardan biri PSJni musobaqa g‘olibi deb tan olishdir. Ammo bu yuqori darajadagi o‘yinlar bekor qilinishi mumkin bo‘lgan sharoitda jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

Yana bir variantga ko‘ra, musobaqani chorak finalda tark etgan "Bavariya", "Borussiya D" va "Portu"ni yana Chempionlar ligasiga qaytarish va yarim final juftliklari o‘rnini to‘ldirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

UEFA ushbu masala bo‘yicha o‘zining yakuniy qarorini 23 aprel, juma kuni qabul qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!