
"Real" 2016 yilgi natijasini takrorladi
Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining joriy mavsumini juda muvaffaqiyatli boshladi. Karlo Anchelotti shogirdlari dastlabki 4 turda “Almeriya”, “Betis”, “Espanol” va “Selta” ustidan g‘alaba qozonishdi.
“Qirollik klubi” 2016/2017 yilgi mavsumdan beri birinchi marta mavsum boshidagi to‘rtta bellashuvning hammasida g‘alaba qozondi. O‘shanda "qaymoqranglilar"ni frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan boshqargandi. O‘sha mavsum yakunida "Real" Madrid mamlakat chempioniga aylandi.
Madridliklar 12 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisini ikki ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
La Liganing 5-turida Anchelotti shogirdlari “Santyago Bernabeu”da “Malorka”ni qabul qiladi.
Fikrlar