
"Real" 35 yil oldingi rekordini yanada yaxshilab oldi
Madridning “Real” klubi La Liganing yangi mavsum dastlabki tur bahsini safarda “Malorka”ga qarshi o‘tkazdi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Shu tariqa “qirollik klubi” o‘zining chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 33 ta o‘yinga (24 ta g‘alaba, 9 ta durang) etkazib oldi. Madrid grandi o‘z tarixida Ispaniya chempionatlaridagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyani yanada yaxshilab oldi. Bu boradagi klubning avvalgi rekordi 1988 yilning aprelidan 1989 yilning mayiga qadar davom etgan. “Real” o‘shanda ketma-ket 30 ta o‘yinda (21 ta g‘alaba, 9 ta durang) mag‘lubiyat nimaligini bilmagan.
Karlo Anchelotti shogirdlari La Liganing 2-tur uchrashuvini 25 avgust kuni o‘z maydonida “Valyadolid”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar