
"Real" APL to‘purarini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Diario Gol nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 29 yoshli gabonlik futbolchi uchun 85 mln evrodan voz kechishga tayyor. O‘z navbatida “kanonirlar” ustozi Unai Emeri jamoaga yangi futbolchilar sotib olishga mablag‘ topish uchun ushbu transferga rozilik bildirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Obameyang joriy mavsum APLda 22ta gol bilan to‘purar bo‘ldi.
Fikrlar