"Real" Arnold kelgunicha, o‘z tarbiyalanuvchisiga ishonch bildiradi

  • 19 yanvar, 14:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum davomida "Real" o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxaldan ayrildi, u tizza paylari xochsimon boylamining jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan. Hozirda himoyaning o‘ng qanotida Lukas Vaskes o‘ynaydi, biroq u ko‘p tanqidlarga uchramoqda. "Real" "Liverpul" futbolchisi Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shishni xohlayotgan bo‘lsa-da, ingliz himoyachisining qishda transfer qilinishi ehtimoldan yiroq.

"Marca"ning ma’lumotlariga ko‘ra, agar yangi o‘ng qanot himoyachisi yanvar oyida qo‘shib olinmasa, Anchelotti "Kastilya" futbolchisi Lorenso Aguadoga ishonch bildirishni reja qilmoqda. Italiyalik murabbiy 22 yoshli futbolchining salohiyatini yuqori baholamoqda.

Aguado "Real"ning asosiy jamoasi safida bitta uchrashuv o‘tkazgan va u "Deportiva Minera"ga qarshi Ispaniya kubogi uchrashuvi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!