
“Real” ashaddiy raqib tarbiyalagan futbolchiga xaridor
“Bayer” jamoasida o‘zini ko‘rsatayotgan Alexandro Grimaldo Leverkuzenda uzoq qoladiganga o‘xshamaydi.
Taniqli insayder Ekrem Konur 28 yoshli himoyachi xizmatlariga “Real” jiddiy qiziqish bildirayotganini ta’kidlayapti.
Ispaniyalik futbolchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq asosiy tarkibga qabul qilinmagani bois, 2016 yili “Benfika”ga o‘tib ketgan.
Grimaldo o‘tgan yoz erkin agent maqomida “Bayer” bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.
Chap qanot himoyachisi bo‘lgan Grimaldo hujumga o‘tishni xush ko‘radi. Joriy mavsumda Bundesligada sakkizta uchrashuvda uchta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi. Evropa ligasida uchta o‘yinda ikkita to‘p kiritdi.
Grimaldoni transfer qilmoqchi bo‘layotgan klublar ko‘p. Uning transfer summasi 25 million evroga teng.
Fikrlar