"Real" "Bavariya" etakchisining taklifini rad etdi
"Real Madrid" yozda erkin agentga aylanadigan Joshua Kimmix bilan shartnoma imzolamoqchi emas, deb xabar bermoqda "Marca" nashri
Gap shunchaki, bir necha kun avval Kimmixning agentlari futbolchini "qirollik klubi"ga taklif qilishgan. Biroq, madridliklar bu taklifni qabul qilmasdan, rad javobini bergan.
Bunga asosiy sabab sifatida, "qaymoqranglilar" yozgi transferlar oynasida "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, keyingi mavsum jamoaning asosiy o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal ham safga qaytadi. Shu bilan birga, klub mutasaddilari markaziy yarim himoyada hech qanday muammo yo‘q deb hisoblashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli germaniyalik futbolchi bu mavsum 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar