"Real" "Bavariya" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Bild" nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, "Real Madrid" "Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano bilan erkin agent sifatida kelishish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Frantsiyalik futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Bavariya" va Upamekano olti oydan buyon shartnoma uzaytirish borasida muzokara olib boryapti. Biroq, moliyaviy kelishuv masalasida tomonlar hali ham bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Hozirda futbolchi yiliga 16 million evrodan ortiq maosh oladi va uni oshirishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Bundesligada Upamekano 20 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar