“Real”: Bizda o‘ynamoqchi bo‘lsang, nafsingni tiy!

“Real” rahbariyati “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis transferi bo‘yicha ishni to‘xtatgani yo‘q. Lekin tomonlar hali bir qarorga kelmadi.

Sport.es saytining xabar berishicha, madridliklar o‘yinchini transfer qilishga tayyor. Biroq buning uchun kanadalik himoyachi maosh bo‘yicha talabini pasaytirishi shart qilib qo‘yildi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” mutasaddilari Devisning agentlari bilan bir necha marotaba muzokara o‘tkazgan. Bu transfer mavsum yakunlanganidan keyin rasmiylashtirilishi kutilyapti.

“Real” vakillari 23 yoshli Devisga Jud Bellingem ham Madridga ko‘chib o‘tishdan oldin maosh talabini pasaytirganini misol sifatida keltirgani aytilmoqda.

“Bavariya”ning Devis bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. Alfonso Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 70 million evroga baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!