
"Real" "Chelsi" hujumchisini nishonga oldi
Madridning “Real” klubi “Chelsi” hujumchisi Kay Xavertsga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Xose Feliks Dias.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ispan klubi 23 yoshli futbolchini o‘zining yangi hujumchisi sifatida ko‘rmoqda. Oldinroq “qaymoqranglilar”ni Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi qiziqish bildirayotgan frantsiyalik hujumchi Karim Benzema tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda germaniyalik forvard London klubi safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Germaniya terma jamoasi futbolchisini 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar