“Real” darvozasini kim qo‘riqlashi hal bo‘ldi
“Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Fabritsio Romanoning yozishicha, Tibo Kurtuaning og‘ir jarohatidan keyin darvozabon qidirgan “Real” mutasaddilari “aristokratlar” bilan Kepaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, madridliklar futbolchini sotib olish huquqisiz bir mavsumga ijaraga oladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 28 yoshli darvozabon “Real”dan taklif kelishi bilan uni darrov qabul qilgan. Kepa jamoadoshlari bilan xayrlashib, Madridga otlangani aytilmoqda.
Kepa Arrisabalaga dunyoning eng qimmat darvozaboni bo‘lgan. “Chelsi” uni qo‘lga kiritish uchun 80 million evro sarflagan edi.
Fikrlar