"Real" Dibala evaziga "Yuventus"ga xorvatiyalik futbolchisini ham qo‘shib bermoqchi

  • 8 avgust, 2017, 09:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi tobora yakuniga etib borayotgan yozgi transferlar davrida o‘z safiga iste’dodli futbolchilarni qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Tecno

Football-italia nashrining xabar berishicha “qirollik klubi” hujumchi Paulo Dibala uchun “Yuventus”ga Mateo Kovachich va yana 80-85 mln evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 23 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga shuningdek Kataloniyaning “Barselona” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra buning uchun 120 million funtdan voz kechishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!